ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VAKILLARI XORIJDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VAKILLARI XORIJDA

10:30 23.10.2025

Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti uchun Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri, professor A. G‘ofurov va dotsent J. Ibragimov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “XI форум детских хирургов России” xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etmoqda.

Ustozlarimiz Pirogov nomli Milliy tibbiyot universitetining Bolalar jarrohligi kafedrasida talabalarga ma’ruza o‘qishdi.

Professor A. G‘ofurov – “O‘zbekistonda bolalar jarrohligi fanining rivojlanish tarixi” mavzusida,
Dotsent J. Ibragimov esa – “Bolalarda siydik tosh xastaligi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

Shuningdek, ustozlarimiz Pirogov nomli Milliy tibbiyot universiteti Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri Y.A. Razumovskiy bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish masalalarida samarali suhbat o‘tkazdilar.

Bunday xalqaro uchrashuvlar, shubhasiz, nafaqat institutimiz obro‘sini yanada oshiradi, balki yosh mutaxassislar uchun ham yangi ilmiy imkoniyatlar eshigini ochadi!

Skip to content