TALABALARNING IJARA XONADONLARIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNING IJARA XONADONLARIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

17:04 24.10.2025

Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan ijara xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mas’ullar talabalar bilan suhbat jarayonida ularning muammo va takliflarini tinglab, ular yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, turli aldovlarga ishonib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishlari uchun tavsiyalar berildi.

Shuningdek, odob-axloq qoidalariga, texnika havfsizligiga doimo rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash yaroqlilik muddatiga e’tiborli bo‘lish yuzasidan muhim eslatmalar aytib o‘tildi.  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan batafsil javob oldi.

Skip to content