XALQARO HAMKORLIKLARNI KENGAYTIRISHDA YANGI BOSQICH – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLARNI KENGAYTIRISHDA YANGI BOSQICH

21:16 03.11.2025

Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi institut rektori M.Madazimov va iIlmiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Salohiddinov boshchiligida dunyoning eng nufuzli, ilk 84 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Malaya universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ushbu xizmat safarining asosiy maqsadi — ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari universitetning rahbariyati bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar, Malayziya ta’lim tizimi tuzilmasi bilan tanishdilar, ikki tomonlama taqdimotlar o‘tkazdilar hamda akademik va tematik rejalar bilan bo‘lishdilar.

Muzokaralar yakunida quyidagi natijalarga erishildi:

1. Tibbiyotda sun’iy intellekt qo‘llanilishiga oid qo‘shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish.

2. 2026-yilda O‘zbekiston va Malayziya sog‘liqni saqlash vazirliklari ishtirokida zamonaviy tibbiyot masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

3. Malaya universitetining Scopus bazasida indekslangan jurnali hamda boshqa nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish.

4. Ikkala oliygoh o‘rtasida qo‘shma ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.

5. Malaya universiteti talabalari tomonidan ADTI xalqaro yozgi maktabida ishtirok etish, bu tashabbus universitet rahbariyati tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

6. ADTI professor-o‘qituvchilarining onkologiya, transplantologiya va stomatologiya yo‘nalishlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi.

7. Malaya universiteti professorlari tomonidan ADTI talabalari va magistrantlariga zamonaviy tibbiy yo‘nalishlarda ma’ruzalar o‘qish.

8. Muzokaralarda kelishilgan barcha bandlarni mavjud hamkorlik shartnomasiga qo‘shimcha sifatida rasmiy tasdiqlash.

Uchrashuv yuqori darajadagi professional va do‘stona muhitda o‘tkazildi.

Skip to content