ZAMONAVIY TIBBIY TADQIQOTLAR SOHASIDA ILMIY HAMKORLIK – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ZAMONAVIY TIBBIY TADQIQOTLAR SOHASIDA ILMIY HAMKORLIK

10:16 10.11.2025

Xabaringiz bor, ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov Malayziyada xizmat safarida boʻlib turibdi.

Safarning bu galgi manzili universitetning Markaziy ilmiy laboratoriyasi boʻldi.

Tashrif davomida delegatsiya tadqiqotchilar va doktorantlarga qo‘yilgan tuzilma, qoidalar hamda talablar bilan tanishishdi. Shuningdek, zamonaviy uskunalar, jumladan yadro mikroskopi, lazer tizimlari va hayvonlar ustida tajribalar o‘tkaziladigan laboratoriyalar joylashgan bo‘limlarni ko‘zdan kechirishdi.
Delegatsiya aʼzolariga saraton hujayralariga qarshi yo‘naltirilgan hujayra texnologiyalari bo‘yicha ilmiy ish namoyish etildi.

Shuningdek, Scopus bazasida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish imkoniyatlari va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

Skip to content