REKTORNING BIR KUNI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTORNING BIR KUNI

20:44 21.11.2025

Bugun, 21-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joyidagi talabalarning yashash sharoitlarini oʻrgandi. «Rektorning bir kuni» loyihasi doirasidagi mazkur uchrashuv talabalar uchun bayramga aylandi.

Dastavval rektor sportsevar yoshlar bilan uchrashdi. Mini futbol, stol tennisi, voleybol sport bellashuvlarini olib borayotgan talabalarning oʻyinlarini kuzatdi. Shuningdek, trenajyor mashgʻulotlarida ham boʻldi.

Navbatdagi uchrashuv ijodkor talabalar va pazanda qizlar bilan boʻldi. Rektor osh bellashuvini olib borayotgan qizlarning jarayonlarini kuzatdi.

– Sizlarning mana shunday qaynoq qalb va shijoat bilan qilayotgan harakatlaringiz meni xursand qiladi. Lekin kuz-qish mavsumida texnika qoidalariga albatta, amal qiling. Xushyorligingiz hayotingiz uchun juda muhim, -dedi institut rektori.

Rassom yoshlar, gitara va dutor chalishni maromiga yetkazayotgan iqtidor egalarining sanʼati barchada oʻzgacha hayrat uygʻotdi.

Shundan soʻng talabalar bilan suhbat olib borildi. Unda talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, buning uchun institut Axborot resurs markazida ko‘plab kitoblar mavjudligi, Talabalar turar joyida ko‘plab to‘garaklar faoliyat yuritayotganligi, Simulyatsiya markazida nazariy bilimlarini amaliyotda mustahklash imkoniyatlari mavjudligi haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning bilimlarini doimiy tarzda boyitib borish kelajakda sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tildi.

Skip to content