“O‘ZBEKISTON – MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK YURTI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O‘ZBEKISTON – MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK YURTI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

11:59 25.11.2025

Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bugun, 25-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Andijon shahar boʻlimi bosh mutaxassisi A.Muzrafxonov, Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Rektor maslahatchisi X.Zokirov ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga mamlakatda olib borilayotgan millatlararo totuvlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar, diniy erkinlik va bag‘rikenglikning amaliy ifodalari, O‘zbekistonda turli millat va din vakillarining o‘zaro hurmat, do‘stlik va bir maqsad yo‘lida yashab kelayotgani yurtimizning eng muhim qadriyatlaridan biri ekani haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida salbiy illatlarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish madaniyatiga amal qilish borasida ham tushunchalar berib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Skip to content