Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


Tadbirlar “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarga mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida aks etgan asosiy tamoyillar, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari, ularni amalda ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi, talabalarning savollariga javob berildi hamda inson huquqlariga oid real hayotiy misollar asosida ochiq muloqotlar tashkil etildi. Interaktiv mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning huquqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli vazifalar ham bajarildi.

