Bugun, 29-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida oktabr oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.



Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Dastlab, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi. Faxriy ustoz, professor Z.Salohiddinovning yubiley Yoshi bilan samimiy qutlandi. Shundan so’ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalarida belgilangan vazifalarni tezkor hamda yangi yondashuv asosida sifatli tashkil etish, shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish borasida batafsil ma’lumotlar berildi.


Dastlab, institut rektori M.Madazimov Malayziya davlatiga bo‘lgan xizmat safari, unda amalga oshirilgan hamkorlik kelishuvhlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohididnov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 34 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va noyabr oyida institutda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hisoboti, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. Z.Mamasoliyev kafedralarda xorijiy til sertifikatini olish holati, dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha hisoboti, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor F.Rasulov talabalarning yozgi “Work and travel” loyihasi boʼyicha hisoboti, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi tomonidan bo‘lim xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i tomonidan institut kafedralari tomonidan 2025-yil yanvar-noyabr oylarida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risida hisoboti tinglandi.





