Yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirish to‘g‘risida
Qadrli, talabalar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand tarbiyalar ekanmiz, uning kamolini ko‘rish orzu-maqsadimizga aylanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiya topishi, umumta’lim maktabida, oliy ta’lim muassasasida bilim olishi uchun kerakli bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib beramiz!
Azizlar!
Globallashuv asrida yashayapmiz. Turli taxdidlardan kelajagimiz egalarini himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib ulgurdi.. Shulardan biri — giyohvandlik balosi.
Farzandlarimizni bugun ogoh bo‘lib, turli illatlardan himoya qilsak, ertangi nurafshon kelajagimizni asaragan bo‘lamiz.
Shunday ekan, biz — yoshlar, ota-onalar va pedagoglar sifatida, har birimiz bu illatga qarshi qat’iy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Afsuski, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay bu kabi salbiyillatlar ta’siriga tushib qolishmoqda.
Aziz yoshlar!
Har qanday aldovlarga ishonmang. Sizdagi qat’iyat, matonat, ma’naviy yetuklik barchaga o‘rnak bo‘la olsin!
Giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib kelishi, butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazishi bor haqiqatdir.
Hurmatli ota-onalar!
Barcha salbiy illatlarning ildizi – beparvolikdan boshlanadi. Farzandlarimizga e’tiborli bo‘laylik! Tarbiyasi, yurish-turishidagi, o‘qishdagi harakatlarini nazorat qilaylik!
Qadrli ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sog‘lom fikr va ma’uliyat tuyg‘usini uyg‘otishi lozim.
Shogirdlarimizni o‘z farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik — millat xoinlari bo‘lgan narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda bo‘lib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga faol ko‘maklashaylik.
Unutmang! Tinchlik va farovonlik hukm surgan yurtda yuksalish, taraqqiyot va baraka bo‘ladi. Bunga esa har birimiz mas’ulmiz. Farzandlarimizni turli yot g‘oyalar va illatlardan yiroq tutaylik!