Ilmiy izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazildi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ilmiy izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazildi

09:35 18.02.2026

Institutda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda doktorant va mustaqil izlanuvchilarning faoliyatini tizimli ravishda nazorat qilish maqsadida monitoring jarayoni tashkil etildi. Mazkur monitoring institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov rahbarligida olib borildi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirildi. Unda doktorantura va mustaqil izlanuvchi sifatida tahsil olayotgan ilmiy izlanuvchilarning faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Jarayon davomida izlanuvchilarning ilmiy tadqiqotlarni olib borish holati, individual reja ijrosi, erishilgan ilmiy natijalari hamda dissertatsiya ishlari bo‘yicha bajarilgan ishlar muhokama etildi. Shuningdek, ilmiy faoliyat davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning sabablari ko‘rib chiqildi.

Monitoring yakunida mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etish, ilmiy izlanishlar samaradorligini yanada oshirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda maqolalar chop etishni faollashtirish hamda dissertatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur monitoring ilmiy faoliyat sifatini oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Skip to content