TALABALAR IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI

21:42 03.03.2026

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan Pediatriya fakultetining 1–2-bosqich talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Xususan, elektr energiyasi va gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning dars jarayonidagi faolligi, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ozodalikka rioya qilish hamda salbiy illatlardan yiroq bo‘lish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini mustahkamlash va ta’lim jarayonidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Skip to content