XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN YUKSAK E’TIROF! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN YUKSAK E’TIROF!

19:46 04.03.2026

Xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, ilm-fan va ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati yurtimizda doimo yuksak qadrlanadi. Ana shunday e’tirof sifatida oliy ta’lim tizimida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib, samarali va fidoyi mehnat qilib kelayotgan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar Senat Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulhayoxon Xolmatova ham bor.

Bu yuksak mukofot — nafaqat ustozimizning ko‘p yillik samarali mehnati, tashabbuskorligi va jamoat ishlaridagi faolligining e’tirofi, balki Andijon davlat tibbiyot institutining respublika miqyosida yana bir bor munosib e’tirof etilganining yorqin ifodasidir. Bu kabi yutuqlar institutimiz nufuzi va salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Hurmatli Gulhayoxon Xolmatovani ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Skip to content