TALABALAR BILAN UCHRASHUV VA MUHIM SUHBAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR BILAN UCHRASHUV VA MUHIM SUHBAT

10:38 19.03.2026

Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlarga zamonaviy bilim berish, ularni jahon andozalariga mos mutaxassislar, bemorlarning dardiga shifo topuvchi, xaqona aytganda «qo’li yengil» shifokorlar qilib yetishtirish bilan birga, bitiruvchi talabalarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, bugun 19-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Davolash fakulteti dekani D.To‘lanov Andijon shahridagi 1-oilaviy poliklinikada faoliyat yuritayotgan 6-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalarning amaliy faoliyati, ish sharoitlari, bemorlar bilan ishlash jarayonidagi tajribalari hamda duch kelinayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan yosh mutaxassislarga zarur tavsiyalar berilib, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, amaliyot sifatini oshirish hamda kelgusida malakali kadr sifatida shakllanishlari bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar yosh shifokorlarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘liqni saqlash tizimida yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Skip to content