Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida mart oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.


Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Shundan so‘ng, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.




Kengash davomida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimovning “21-mart – Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan institutda amalga oshirilgan ishlar”, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Aliboyevning “Jamiyatda korrupsion holatlar”, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Mamasoliyevning “Institutda boshqarish bo‘limi professor-o‘qituvchilar boshlig‘i tomonidan adabiyotlar yaratilishi holati. Professor– o‘qituvchilarining malaka oshirish rejasini bajarilishi holati”, Karyera markazi bo‘limi boshlig‘i A.Soliyevning “Bitiruvchilar bandligini taʼminlash va kelajakka qadam dasturi asosida bajarilayotgan ishlar hisoboti”, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i R.Djalilovning “Institutda ijro intizomi”, TSNQB boshlig‘i A.Pakirdinovning “O‘zbekiston OTT da Milliy reytingni joriy etilishi va 2026-yil uchun tasdiqlangan TOP 1000 lik OTT lar ro‘yxati to‘g‘risida maʼlumot”lari tinglandi.



