Joriy yilning 11-12 may kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Dilyorbek O‘ktamov Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilgan 8-Xalqaro marafonda muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Musobaqalar 42 km, 21 km, 10 km va 3 km masofalarga yugurish va 3 kmga skandinavcha yurish turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Unda Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Hindiston, Pokiston kabi ko‘plab davlatlardan sportchilar ishtirok etdilar.
35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida 21km 98mga yugurish musobaqalarida esa Dilyorbekga teng keladigani topilmadi. U barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. D.O‘ktamov katta va nufuzli sport tadbirida yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, Andijon davlat tibbiyot instituti sharafini munosib himoya qildi hamda sertifikat va mukofot bilan taqdirlandi.