2019-yilning 13-14 – may kunlari TTA ning Farg’ona filialida patofiziologiya ( umumkasbiy) fanidan Respublika fan Olimpiadasining II bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Respublikamizning 9 ta oliygohlaridan 9 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Tadbir Respublika fan Olimpiadasini o’tkazish Nizomiga ko’ra 4 ta bosqichda o’tkazildi. Tadbir juda tortishuvlarga boy va do’stona tarzda o’tdi.
Yakuniy ballar e’lon qilinganda, Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 308-guruh talabasi Ibrohimjon Majidiy faxrli 2-o’rinni egalladi va diplom bilan taqdirlandi.