2019 yil 12 may kuni konsultativ metodik markaziga Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan yetakchi mutaxassis A.V.Kozlov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tajribali mutaxassis Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasida bo‘lib, kafedra mudiri Q.Qo‘ldoshev hamrohligida pediatriya fakulteti 5- kurs 517-518-519- guruh talabalariga Neyroxirurgiya fanidan namunaviy rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha 3 ta o‘quv-ilmiy ma’ruzani o‘qidi.
Tashrif davomida 35 nafardan ortiq bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli tavsiyalarini berdi. 4 nafar bemorda mahorat darslarini o‘tkazdi.