Viloyat hokimi Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlari bilan uchrashdi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Viloyat hokimi Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlari bilan uchrashdi

16:01 21.05.2019

2019- yil   21- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning  talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida viloyatimiz rahbari har sohada Andijonda olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar, yangiliklar xususida gapirib,  2 ta muhim masala – Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosi hamda Oila masalalariga alohida  to‘xtaldi.

Jumladan, oilaviy munosabatlar, oilani mustahkamlash, aholini uy-joy bilan ta’minlash, yoshlarni oilaga tayyorlash, to‘y marosimlari, shar’iy nikoh va qizlarni erta turmushga berish oqibatlari, oiladagi tarbiya, mehr-oqibat, kitobxonlik va mutolaa madaniyati, turli sohalardagi yangi zamonaviy  texnologiyalar, aholini ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash kabi bir qator masalalar to‘g‘risida  gapirib o’tdi. Bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, 5 ta muhim tashabbus  ijrosi bo‘yicha Andijonni namuna qilib ko‘rsatishda yoshlarimiz yanada tashabbuskor, g‘ayrat-shijoatli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, intiluvchan va izlanuvchan bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi. Har bir inson o‘z vatanini chin dildan sevishi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga mehrli va sadoqatli bo‘lishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga yuksak bilimi, halol mehnati va tinimsiz harakati bilan erishishi kerakligini aytib o‘tdi. Viloyat hokimi  talabalar bilan ochiq va do‘stona muloqotda bo‘lib, ularning yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

Uchrashuvda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabasi M.Umarxo‘jaeva so‘zga chiqib, davlatimiz, viloyat hokimligi va institut rahbariyati tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida to’xtalib o’di. Shuningdek, viloyat hokimligining amaliy ko‘magi bilan uning mualliflik kitobi chop etilayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Tadbirda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori H.Muxtorjonova va boshqa talabalar ham so‘zga chiqib,  uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda  viloyatimiz rahbariga  u bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratib berganligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov talabalar uchun yangi  kitoblarni sovg‘a qildi va o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!