O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiyotga oid qator qarorlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 22-may kuni soat 12 00 da ADTI klinikasi 9-blok majlislar zalida Umumiy jarrohlik kafedrasi xodimlari ,professor- o’qituvchilari , magistrlari ,bo’lim ordinatorlari, klinik ordinatorlari va taklif etilgan mehmonlar uchun Rossiya SSV FGBOU DPO “RMANPO” ning S.P. Botkin nomidagi KKSHY vrach jarrohi tibbiyot fanlari doktori, professor A.V Vardanyan tomonidan “ Oyoqlar chuqur venalari tromboz xastaliklarini zamonaviy davolash usullari “ mavzusida onlayn video ma’ruza o’tkazildi . Ma’ruza qatnashchilarda katta qiziqish uyg’otdi , qatnashchilar o’zini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.