alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Magistraturaning bitiruvchi bosqich talabalariga yakuniy davlat attestatsiyalari o’tkazildi

10:51 13.06.2019

Аndijon davlat tibbiyot instituti magistraturasida tahsil olayotgan 25 ta mutaxassisliklarning bitiruvchi bosqich talabalariga 12-13 iyun kunlari mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyalari o’tkazildi. Аttestatsiya hay’ati yig’ilishini institut rektori, professor M.M.Madazimov ochib, hozirgi davrda tibbiyot sohasida va tibbiy ta’lim sifatini yaxshilash borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib o’tdi.

Jumladan, Аndijon davlat tibbiyot institutida ham bu borada qator ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida to’xtalib, institutmiz magistratura mutaxassisliklarini bitirayotgan yoshlar har tomonlama yetuk, ilmiy-pedagogik va amaliy sohada bilimli, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini puxta egallagan bo’lishlari haqida alohida to’xtalib o’tdi.
Institutning bu yilgi 53 nafar magistratura bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirib, kelgusida inson salomatligi va yurtimiz taraqqiyoyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi mutaxassislar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi.

So’ngra yakuniy davlat attestatsiya hay’ati raisi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori Sh.А.Zufarova so’zga chiqib, magistraturani bu yilgi bitiruvchi bosqich talabalarini 3 yillik o’quv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy davlat attestatsiyalari topshirish va magistrlik dissertatsiyalarini rasmiy himoyasiga qo’yilganliklari bilan tabrikladi va bitiruvchilarga attestatsiyalarni yaxshi va a’lo natijalarga topshirib, kelgusida yetuk mutaxassislar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Yakuniy davlat attestatsiyalari imtihonlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari savol-javoblar hamda munozaralarga boy, adolatli va shaffof ravishda o’tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!