2019- yil 19- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov Janubiy Koreya davlatiga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrifdan maqsad – ikki tomonlama shartnomalarni amalga oshirish, kelgusida ta’lim va fan doirasida hamkorlik qilish masalalari, shuningdek, Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan “MediExpo -2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish yuzasidan muzokaralar olib borishdir.
Tashrifning birinchi kuni ADTI delegatsiyasi Koreyaning Tegu shahri Kemyung universiteti tibbiyot fakulteti dekani hamda universitetning Dongsang tibbiyot markazi direktori, professor Kim Kvonbelar bilan uchrashdilar.
O‘zaro muloqot chog‘ida har ikki tomon vakillari o‘quv uslubiy, ilmiy, klinik amaliyot, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qilish, jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida hamkorlikda tibbiy ta’lim markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davom etmoqda.