2019- yil 21- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb masala” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institut yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qabul jarayonlari, unda shaffoflik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga amal qilish bunda har bir xodim, professor-o‘qituvchi yoki talaba hushyorlik va xolislik bilan ish tutishi lozimligi xususida gapirib o‘tdi. So‘ngra shu mavzuda suhbat o‘tkazish uchun tashrif buyurgan mutasaddi tashkilot vakillarini tanishtirdi.
Suhbat chog‘ida Iqtisodiy jinoyatchilikkka qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Nurdinov , mazkur boshqarma tezkor bo‘limi boshlig‘i Farhodbek Tolipovlar so‘zga chiqib, viloyatimizda 2019 -yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatimizda sodir bo‘lgan korrupsiyaga oid jinoyatchilik holatlari, ularni oldini olish, adolatli va halol bo‘lish – tinch va osoyishta hayot manbai ekanligini ta’kidladilar.
Yig‘ilish qatnashchilari nomidan professor Yu.Egamov so‘z olib, jamoada bunday noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vijdonan pok bo‘lib, har bir jabhada odilona ish tutish ishimizning asosiy mezoni bo‘lib qolishi to‘g‘risida qat’iy fikr bildirdi.