2019- yil 21-23- iyun kunlari Konsultativ metodik neyroxirurgiya markaziga Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan professorlar P.L.Kalinin va D.V.Fomichyovlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida rossiyalik mutaxassislar ADTI Neyroxirurgiya konsultativ metodik markazi koordinatori, dotsent K.Kuldashev hamrohligida bemorlarni yuqori malakali ko’rikdan o’tkazdilar.
Shuningdek, ular tomonidan 4 nafar bemorda mahorat darsi sifatida ko’rgazmali operatsiyalar bajarildi.