2019- yil 30- iyun kuni Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga amaliyot o’tash uchun kelgan 5 nafar talaba Bog’ishamol dahasidagi so’lim va xushmanzara Bog’i Bobur dam olish maskaniga tashrif buyurdi.
Shu kuni ukrainalik talabalar Z.M.Bobur ramziy qabrini ziyorat qildilar. Mazkur buyuk shaxs tarixiy muzeyidagi eksponatlar, adabiyotlar bilan tanishdilar.Sayohat davomida andijonlik talabalar ukrain do’stlariga buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga doir qiziqarli ma’lumotlarni gapirib berdilar. Shuningdek, talaba-yoshlar Bog’ishamolning betakror, xushhavo va go’zal tabiat manzaralaridan bahramand bo’lishib, miriqib dam oldilar.