2019- yil 9- iyul kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida jamiyatimiz rivojiga jiddiy to’siq bo’layotgan illatga qarshi kurashish masalasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut xodimlari: bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar, mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatini institut rektori M.Madazimov ochib, tibbiyotda jadal suratlarda olib borilayotgan o’zgarishlar, xususan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan oliy ta’lim tizimini, shuningdek,tibbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar samaralari to’g’risida gapirdi.
Ayniqsa, bugungi kunda qabul jarayoni qizg’n pallaga kirgan bir davrda yangi o’quv yiliga o’qishga kiruvchilar, ularning yaqinlari bilan munosabatda xushyor va adolatli bo’lish, turli noqonuniy hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaslik, aldov va yolg’on vadalar berib, o’zgalar mulkini ta’magirlik yo’li bilan o’zlashtirish, o’z manfaati yo’lida poraxo’rlik va moddiy boyliklar talab qilish kabi jamiyatimizga yot bo’lgan illatlarga birgalikda kurashishga chaqirdi.
Yig’lishda Andijon viloyati prokurorining birinchi o’rinbosari Kamoldin Yulbarsov ishtirok etib, bugungi qabul jarayoni qizg’in davom etayotgan bir pallada o’qishga kiritib qo’yish iltimosi bilan murojaat qilgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatish, adolatli javob qaytarish, ayniqsa, yoshlarga bu holat bo’yicha to’g’ri tushuncha berish, atrofimizdagi hamkasblarimizga bu korrupsion holatdan yiroq bo’lishni uqtirish, noto’g’ri yo’ldan qaytarish, ta’magirlik va poraxo’rlik illatlarini yo’qotish va oldini olish muhim masala ekanligini ta’kidladi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i Dilmurod Umaraliev o’z so’zida shifokorlik eng mashaqqatli va mas’uliyatli kasb ekanliginini, bu sohada pul va moddiy boyliklar emas, adolatlilik va haqqoniylik ustuvor bo’lishini ta’kidlar ekan, bu so’zlarni har bir xodimga, har bir bo’lajak shifokorga yetkazish, tushuntirish muhim ekanligini aytdi. Suhbatda so’ng, “Korrupsiya nima?” mavzusidagi hujjatli videorolik namoyish etildi. Davra suhbatida yig’ilish ishtirokchilari tomonidan o’rinli fikr-mulohazalar bildirildi.