Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019- yil 7 – avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Saylov kodeksi – demokratiya asosi” mavzusidagi amaliy seminar hamda partiyaning siyosiy hamda Saylovoldi Dasturlari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, kun tartibidagi muhim masalalar xususida gapirdi.
O‘zbekiston “Adolat”SDP viloyat kengashi matbuot kotibi A.Nazarov bugungi kunda partiya yetakchilari va uning elektorati oldida turgan muhim vazifalar haqida fikr bildirdi.
Davra suhbati kun tartibidan o‘rin olgan”Saylov kodeksi – saylov jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashning muhim omili” mavzusida O‘zbekiston “Adolat”SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati mas’ul xodimi M. Boltaboev, “Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida” FJShMQMI Andijon hududiy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi Sh.Valiev, «Saylov kampaniyasi davrida partiya va nomzodlarni targ‘ib qilishning zamonaviy usullari” mavzusida, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Musaeva partiyaning viloyat, tuman va shahar tashkilotlari hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Q.Qayumovlar ma’ruza qildilar.
Davra suhbati so‘ngida kelgusida amalga oshiriladiga ishlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, saylov mavsumida partiya aholi bilan hamjihat ishlash borasida tajribalar almashildi.