2019- yil 27 -avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida 2019-2020 – o’quv yili uchun ADTI hamda Rossiya Federatsiyasining Dog’iston davlat tibbiyot universiteti bilan xalqaro qo`shma fakulteti (stomatologiya) bakalavriyat yo’nalishi uchun kirish imtihonlari bo’lib o’tdi.
Kirish sinovlari boshlanishidan avval institut rektori M.Madazimov barcha abituriyentlarni yig’ib, imtihonlar har jihatdan adolatli, shaffof o’tishini ta’kidladi hamda ularga omad va zafarlar tiladi.
Shundan so’ng, imtihon biletlari solingan konvertlar abiturientlar guvohligida ochilib, sinovlar boshlandi. Imtihon jarayonlarining tartibli, adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston “Adolat” SDP Andijon shahar Kengashi deputati Shohidaxon Valieva ishtirok etdi.
Shuningdek, har ikki tomon oliy ta’lim muassasasi vakillari imtihon jarayonini onlayn tarzda kuzatib bordilar.
Imtihon jarayonida ota-onalar ham kuzatuvchi sifatida qatnashdilar. Jumladan, Andijon shahrida yashovchi fuqarolar M.Abdurahimova va M.Igamberdievalar o’z farzandlarining sinovlardagi ishtirokiga guvoh bo’ldilar.
Sinovlar tartibli, xolis va odilona tarzda o’tkazildi.