ELGA HIZMAT – OLIY HIMMAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ELGA HIZMAT – OLIY HIMMAT

14:21 05.10.2019

Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha 2019 yil 5 oktyabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumani Navoiy MFYda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va klinika mutahassislari  tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 10 ta mutahassisliklardan iborat 26 nafar mutahassislari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan MFYning 874 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 236 nafari chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi. Ko‘rik vaqtida kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 25 nafar aholiga viloyat DPMlariga, 18 nafariga tuman DPMsida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek ushbu tadbirda 105 ta UTT, 82 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi.

Ko‘rik vaqtida MFYning 9 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.  Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.
 

Skip to content Click to listen highlighted text!