Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor Madaminjon Madazimov stomotologiya fakultetining 4-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov, stomotologiya fakulteti dekani D.To’lanov va fakulteti mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Institut rektor dastavval talabalarni o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi, talabalarning fikrlarni tingladi. Axborot-resur markazidaga yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar bilan, institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.
Talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida instituti rektori tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
ADTI axborot xizmati