O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon shahrida “Faxrim, shon-sharafimsan mustaqil O‘zbekiston!” shoiri ostida “Salomatlik kuni” o‘tkazildi.
“Salomatlik kuni” doirasida “5 km.ga faol yurish” va “Ommaviy gimnastika” tadbirlari o‘tkazildi. Faol yurish – marofonda Andijon davlat tibbiyot institutning 200 dan ziyod o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Ommaviy sport tadbirida Andijon davlat tibbiyot institut jamaosi faol, yuqori kayfiyatda bo‘ldi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga hissa qo‘shdi.