Oliy ta’limni “Korrupsiyasiz soha“ ga aylantirish yo‘lida – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oliy ta’limni “Korrupsiyasiz soha“ ga aylantirish yo‘lida

17:03 21.11.2019

Korrupsiya girdob sifatida hayotning turli sohalarini qamrab oladi va jamiyatni, mamlakat taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladi. Shu sababli, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, aholida korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarni shaklantirish va o‘rgatish kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlarining, balki butun jamiyat va har bir fuqaroning eng muhim vazifasidir.

Andijon davlat tibbiyot insituti Ilmiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi aynan mazkur masalaga bag‘ishlandi. Kengash ishini institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov olib bordi.

Kengash ishi avvalida joriy yilning 5 noyabrida Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari va oliy ta’lim mussasalari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishdan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Videorolikda ko‘tarilgan masala yuzasidan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  P.X.Asxanov so‘zga chiqib mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida instituda amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashda institut quyi bo‘g‘inlari – kafedralarda tushuntrish, nazorat ishlari olib borish zarurligi ta’kidlab o‘tdi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov 5 noyabr kuni Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari va oliy ta’lim mussasalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar va bildirilgan takliflar asosida institutga qabul qilinayotgan xodim, professor-o‘qituvchi  Ilmiy Kengash qarori bilan qabul qilinishini taklif qildi.

Institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Dehqonov so‘zga chiqib institut ichki-tartib qoidalariga poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ygan xodimga jazo charalari belgilash zarurligi haqida taklif kiritdi.

Institut yuristi T.Abduvaliev korrupsiya, uning turlari, pora berish, pora olish va berishda vositachilik qilish holatlarida belgilangan qonuniy jazo choralari xususida ma’lumot berdi.

Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan institut rektori M.M.Madazimov so‘zga chiqib instituda korrupsiyaga qarshi kurash borasida izchil chora-tadbirlar olib borish, har yili talabalar o‘rtasida anonim tarzda ikki marta o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijasida aniqlangan korrupsiya – poraxo‘rlik holatlariga keskin choralar ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi.
Kengash ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!