Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda davolash ishi yo‘nalishi 203-, 205-guruh talabalari, pediatriya yo‘nalishining 105-, 203-guruh talabalari, tibbiy proflaktika ishi yo‘nalishining 203-guruh talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir 5 ta muhim tashabbusning 1-yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishini ijro etdilar. Tadbir davomida qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Guruh rahbarlaridan Lutfullo Vahobov, Hakimaxon Abdunabieva, Rustamjon Ubaydullaev, Minora Solievalar rahbarligida tayyorlangan tadbir davomida bo‘lg‘usi shifokorlar o‘z iste’dodlarini namoyish etish bilan birga adabiyot, san’atga oshno bo‘ldilar, mazmunli dam olishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
ADTI axborot xizmati