Andijon davlat tibbiyot institutiga G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti Anatomiya va Operativ jarrohlik kafedrasi dotsenti Klara Batenovna Darjanova akademik mobillik bo‘yicha tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar, maruzalar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasida o’tgan mashg‘ulotlarda davolash fakulteti 314-gurux talabalari, tibbiyot injenerligi oliygohlararo dasturi 1-boskich magistrlari, kafedra mudiri Z.A.Kahharov, dotsent G.J.Ulug‘bekova va assistent S.S.Abduvorisovalar qatnashdilar.
Amaliy mashg‘ulot darsi noan’anaviy savol-javob tarzida o‘tkazildi. Mashg‘ulotda talabalar faol ishtirok etishdi. Mashg‘ulot yakunida Klara Batenovna Darjanova talabalardan mamnun bo‘lib, ular mashg‘ulotlarga faol va ziyrak yondashganligi, oliygohimizda talabalar puxta bilim olishlari uchun juda yuqori saviyada sharoitlar yaratilganligi haqida ijobiy fikrlar bildirdi.