Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik kafedrasi assistenti Sanjarbek Umurzaqov Germaniyaning tarixiy shaharlaridan bo‘lgan Lyubek shahridagi Marian klinikasida o‘tkazilgan xalqaro Konferensiyada ishtirok etib qaytdi.
“Proktologik kasalliklarda miniinvaziv usulda operatsiya kilish” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada Italiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan malakali mutaxassislar, olimlar ishtirok etdi. Konferensiya doirasida ishtirokchilar uchun seminarlar va mahorat darslari uyushtirildi.