Andijon davlat tibbiyot institutida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 13- sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taminlash borasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
2018- yil 1- noyabr kuni institutning ilmiy kengashlar zalida ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Odiljon Salohiddinov tashabbusi bilan pediatriya fakultetining 4-kurs talabalari ishtirokida «Kitob va kitobxonlik ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib berdi.
Tadbirda “Oilada kitobning o‘rni”,”Meni ulg‘aytirgan asar”,”Kitob insonni qanday yashashga o‘rgatadi”, “Kitob o‘qishni endi o‘rgandim “,”Kitob haqida yana nimalarni bilamiz?”, “Kitob insonga ham do‘st, ham hamrohdir”, “Kutubxonachining ibratli ishlari yoki fidoiyligi“ mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Professor O.Salohiddinov talabalarga kitob va kitobxonlik to‘g‘risida, kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi, qiziqarli hayotiy hikoyalardan so‘zlab berdi. Shuningdek, IKP kafedrasi dotsenti R.Yuldashev ham kitobga munosabat, kitobxonlik madaniyati borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar ma’ruzalarning qiziqarli bo‘lganligini, tadbirdan ma’naviy ozuqa olganliklarini aytib o’tdilar. Jumladan, talabalardan Jamshid Ashuraliev va Muyassar Umarovalar o‘zlarining tadbirdan olgan taassurotlarini, ularda kitobxonlikka yanada havas uyg‘onganligini quvonch bilan ta’kidladilar.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir yakunida faol talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.