DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN  ONLAYN KONFERENSIYA O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN  ONLAYN KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

13:35 15.11.2018

      Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan o‘rnatilgan  hamkorlik aloqalari doirasida bugungi kunda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 2018-yil 15- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan Dog`iston terapevtlar uyshmasi raxbarligida “Gadjievskie  chtenie” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi.

          Onlayn konferensiyada  ADTI rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  fakulteti dekani H. Tursunov, professor-o‘qituvchilar, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining shifokor-tinglovchilari, mutaxassislar, magistrlar, klinik ordinatorlar va yuqori kurs talabalari qatnashdilar.

     Masofaviy konferensiyada  Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori S.N. Mammayev tomonidan  professor va yetuk mutaxassislar  ADTI rahbariyati va ishtirokchilarga o‘zlarining samimiy salomini yo‘lladi va institutimiz rektori M.M.Madazimovga so‘z berdi. Rektorimiz bugungi kundagi hamkorlik aloqalari o‘zining samarali natijalarini ko‘rsatayotganligini, qolaversa, mazkur onlayn konferensiya ADTI professor-o‘qituvchilari va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

    Konferensiya davomida ishtirokchilar dog‘istonlik mutaxassislarning kardiologiyaning dolzarb mavzulardagi ma’ruzalarini tingladilar. Shuningdek, masofaviy konferensiya davomida har bir mavzu bo‘yicha tomonlardan savollar va fikrlar bildirilib turildi. Savol-javoblar jarayonida IKP kafedrasi mudiri R.Yuldashev, 1-UAShT kafedrasi dotsenti S.Jumaboeva, fakultet terapiya kafedrasi dotsenti N.Uzbekovalar faol ishtirok etdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!