Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindistonning Sharda universiteti vakili, professor Anviti Gupta xonim tashrif buyurdi.
Uchrashuvda institut rektori M.M.Madazimov va xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar ishtirok etishdi.
Samimiy muloqot davomida professor Anviti Gupta xonim Sharda universiteti xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Suhbat davomida Anviti Gupta xonim hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflarini bildirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng Sharda universiteti vakili institut simulyasion markazida bo‘lib talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatdi, ularga yaratilgan shat-sharoitlar bilan tanishdi.
Professor Anviti Gupta xonimning tashrifi ikki tomon uchun ham foydali kelishuvlar bilan yakunlandi.
ADTI axborot xizmati