Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yurt farovonligi va el salomatligi yo‘lidagi  ezgu ishlarga chorlov

12:00 27.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi – professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqat-e’tibor bilan o’rganmoqdalar.

Institutda hafta avvalida o‘tkaziladigan an’anaviy “Shukronalik” tadbirlari ham Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Institut asosiy binosida normal fiziologiya kafedarsi mas’ulligida o‘tgan “Shukronalik” tadbrida so‘z olgan kafedra dotsenti A.N.Qodirov Murojaatnomada  xalqchil, ochiq-oydin fikrlar bildirilganligi, jamiyatning har bir jabhasiga  teran nazar  tashlab, adolatli fikr va takliflar bildirilgan,  ustuvor vazifalar tilga olinganligi haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi Yurtboshimiz tilga olgan vazifalar o‘rtasida  tibbiyot sohasini  rivojlantirish, shifokorlarning jamiyatda mavqeini, obro‘sini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish  sifatini tubdan  yaxshilash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish, ommaviy sportga jalb etish, mahallalarda  sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun  maxsus maydonlar  tashkil etish bo‘yicha  loyihalar  ishlab chiqish  borasidagi  takliflari barchaga ma’qul kelganligi ta’kidlab o‘tdi.

ADTI Klinikasi binosida Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan  o’tkazilgan «Shukronalik» tadbirini Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, Murojaatnomada yoshlarga qaratilgan e’tibor,  ularni ishga, o‘qishga va tadbirkorlikka  jalb etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan  yoshlarga kamarbasta bo‘lish  muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlanligini aytib o‘tdi.


Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dosent R.N.Yuldashev  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida jamiyatimimizda  korrupsion holatlarning hanuz davom etib kelayotganligi alohida aytilganligi, taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotgan bu illatdan xalos bo‘lish uchun  barchamiz, keng jamoatchilik  barobar kurashishimiz zarurligi ta’kidladi.

Institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbirida ham Prezidentimiz Murojaatnomasi xalq tinchligi, yurt farovonligi va el salomatligi yo‘lidagi  ezgu ishlarga chorlashi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligi tilga olindi.

ADTI axborot xizmti

Skip to content Click to listen highlighted text!