Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasida barcha o‘quv auditoriyalari yangi pedagogik texnologiyalar bilan jihozlangan.
Amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar telemeditsina jihozlari va videoproektorlar yordamida olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar jarayonida bir mikroskopga qo‘yilgan preparat videkamera yordamida smart televizorlar orqali barcha boshqa xonalarda ham kuzatiladi. Telemeditsina va boshqa kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samardorligini oshirishda alohida ahmiyatga ega.
Shuning uchun Andijon davlat tibbiyot institutida telemeditsina va boshqa kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishga e’tibor qaratilmoqda.
R.Rahmonov,
ADTI Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri