Andijon davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Odiljon Salohiddinov Andijon tumanining Kuyganyor qishloq vrachlik punktida (QVP) “QVP sharoitida arterial gipertoniyani barvaqt aniqlash , davolash va oldini olish yo’llari “ mavzusida mahorat darsi – master klass o’tkazdi.
Avval professor O. Salohiddinov hozirda arterial gipertoniyani (AG) aholi orasida ko’p tarqalganligini , uning asorati bo’lmish miokard infarkti, miya insultidan bevaqt o’limni ko’p uchrayotganligini ta’kidlab, bu kasallikni qishloq sharoitida tibbiyotning birlamchi bo’g’ini bo’lgan QVPlarda barvaqt aniqlash , davolash va oldini olish dolzarbligini bayon etdi .
Professor O.Salohiddinov vrach va patronaj hamshiralar o’ziga biriktirilgan aholisi o’rtasida bu kasallikning profilaktikasi, sog’lom turush tarzi va to’g’ri ovqatlanish masalalariga e’tibor qaratilgan sanitariya –maorif ishlarini olib borishlarini ta’kidladi. Tadbir davomida professor tibbiyot hodimlari tomonidan berilgan savollarga kerakli javoblar berdi.