Yoshlarni bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tkazish xamda ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talabalar o‘rtasida mini-futbol sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, viloyat oliy ta’lim talabalari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, 5 ta muhim tashabbusga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shaklllantirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori tashabbusi bilan mini-futbol bo‘yicha viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat universiteti , Andijon Mashinasozlik instituti va Toshkent Agrar universiteti Andijon fialining terma jamoalari ishtirok etdilar.
Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti sun’iy qoplamali maydonida o‘tkazildi.
Kesin kurashlar ostida o‘tgan bahsda 1-o‘rinni ADU, 2-o‘rinni ADTI, 3-o‘rinni,AndMI va 4-o‘rinni ToshAU Andijon filiali jamoalari egallashdi.
Final bosqichida ishtirok etib I, II,III- o‘rinni egallagan jamoalar Andijon davlat tibbiyot rektori tomonidan estalik sovg‘alari va I, II, III– darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.
ADTI axborot xizmat