Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining tanlovga  kelgan ijodiy ishlardan namunalar – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining tanlovga  kelgan ijodiy ishlardan namunalar

12:55 15.04.2020

Kurashamiz – yengamiz!
 
Aziz o’quvchi – yoshlar,
Sog’-salomat bor bo’ling.
Bugun ko’chalar kezmay,
Faqat uyda o’tiring!
 
Yengamiz har bir dardni,
G’alabaga oz qoldi.
Madadli shifokorlar,
Qalbga taskinlik soldi.
 
Kecha-yu kunduz bekor,
Ta’til bo’ldi, demanglar.
Behuda serial ko’rib,
So’ng pushaymon yemanglar.
 
Har daqiqa g’animat,
Doimo o’qish kerak.
Onlayn darslar-chi,
Siz uchun ziyo demak.
 
Sizni o’ylar ustozlar,
Masofada bo’lsa ham.
Ilm-baxtning chirog’i,
Kitob-la bo’ling har dam.
 
Har qandayin g’ov kelsa,
Biz boshini egamiz.
“Koronavirus”ni-chi,
Birgalikda yengamiz
 
Ko’cha-ko’yga chiqish yo’q,
Sog’ligimiz saqlaymiz.
Albatta, yurtboshimiz,
Ishonchini oqlaymiz.

 Asadbek Avazbekov

ADTI Tibbiy profilaktika yo’nalishi 102-guruh talabasi

Skip to content Click to listen highlighted text!