Aziz talabalar, sizlardan yozgi tatil davrida turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga aralashmaslik va yo‘l qo‘ymaslik, dekanatlar, manaviyat va marifat bo‘limi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib borishi hamda 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha roliklar tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib borishni amalga oshirishlari talab etiladi.
Bu ishlarni bajarilishi o‘z vaqtida murabbiyga etkazib turiladi. Olib borilgan ishlarni nazorati yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va fakultetlar dekanatlari tomonidan olib boriladi.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun adabiyot, sport, musiqa, rassomlik va AKT bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari va kitobxonlik qobiliyatlarini namoyon etuvchi roliklar va videoroliklar tayyorlab, o‘z murabbiylariga topshirishlari tavsiya etiladi.
Tanlov g‘oliblari institut ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
ADTI ma’muriyati