Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi “Profilaktik tibbiyot” Muammolar hay’ati Kengashining navbatdagi yig‘ilishi onlayn ravishda o‘tkazildi. Kengashga tibbiyot fanlari doktori X.X.Tursunov raislik qildi va unda 7 ta ilmiy yo‘nalishdagi mavzular ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
Ilmiy tadqiqotlar asosan profilaktik tibbiyot va jarrohlik mutaxassisliklari kesimida bo‘lib, ilmiy tadqiqotchilar Kengashning 15 nafar a’zosi va institutning jarrohlik yo‘nalishidagi kafedralari mudirlari va professorlarining savollariga batafsil javob berib ilmiy mavzularini qoniqarli ravishda yoritdilar.
Kengash a’zolari mavzularning dolzarbligiga baxo berishdi va Kengash ishiga qo‘yilgan muammolar o‘z yechimini topdi.
ADTI axborot xizmati