Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi koronavirus pandemiyasi qarshi targ’ibot-tashviqot tadbirlarini Baliqchi tumanida olib borishdi.
Targ‘ibot aksiyasi davomida ko’ngilli yoshlar Baliqchi tumanining «Avesto”, “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inlariga qarashli “Bog’ kocha”, “Qilichburxon”, “Jome”, Akramjon Sultonov nomlidagi ko‘chalarida bo‘lishdi. Targ‘ibotchilar aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini o’tkazdilar.
Karantin davrida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirishdi. Aholiga gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.
Koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlari faol davom ettirilmoqda.
ADTI Yoshlar ittifoqi