Andijon davlat tibbiyot institutida koreyalik abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida koreyalik abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi

11:44 27.08.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun koreyalik abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.

Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, ingliz tili o‘qituvchisi G.Daminova ishtirok etdilar.

Qabul imtihonlari oldidan o‘tkazilgan onlayn suhbat avvalida institut hayoti haqida to‘la ma’lumot beruvchi videorolik namoyish etildi.

Suhbat davomida abiturientlar O‘zbekiston, jumladan Andijon haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi. Institut ma’muriyati xorijlik abiturientlarga institutdagi yangiliklar, ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berishdi. Institut rahbariyati abiturientlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Koreyalik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ta’kidlab o‘tdi va abitutirentlarga muvaffaqiyat tiladi.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content Click to listen highlighted text!