2-sentabr – Respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2020-2021 – yilgi o’quv yili onlayn tarzida boshlandi. – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2-sentabr – Respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2020-2021 – yilgi o’quv yili onlayn tarzida boshlandi.

10:15 02.09.2020

An’anaga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o‘quv yilining birinchi darsi “Mustaqillik darsi” bo‘ldi. Institut professor-o‘qituvchilari onlayn ravishda o‘z profillari orqali va Kengashlar zalida o‘rnatilgan monitor yordamida talabalar bilan bog‘lanib ajdodlarimiz orzusi bo‘lgan Mustaqilligimizni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz yoshlariga berilayotgan e’tibor, talabalar oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.


“Mustaqillik darsi” talabalarning savol-javoblari bilan samimiy suhbat tarzida o‘tdi.

Turli fan yo‘nalishlaridagi onlayn darslar ham talabalarning qiziqish va faolligida o‘tdi.
 Barcha talabalarimizga onlayn darslarda omad tilab qolamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!