Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan «XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH” mavzusidagi onlayn anjuman o‘tkazildi. ZOOM dasturi orqali o‘tkazilgan tadbirda dastlab ADTI xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent M.Djo‘rayeva “Andijon Davlat tibbiyot institutida ayollarni zo‘ravonlikdan va tazyiqdan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar”mavzusida ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi” Andijon viloyati markazi rahbari X.Mirzarahimova “Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish tamoyillari” mavzusida suhbat o‘tkazdi. Mavzu anjumanning 300 ga yaqin onlayn ishtirokchilari uchun vidolavhalar yordamida yoritildi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi A.Ikromov “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning qonuniy huquqlari”, Andijon viloti IIB boshliq o‘rinbosari G.Abduvohidova “Andijon viloyatida xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar va himoya orderlari haqida”, ADTI psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti, psixolog N.Sarbayeva “Har bir buyuk insonning ortida ayol turadi”, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Batirova “Oilada ayollarga zo‘ravonlikning farzand taqdiriga ta’siri”, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D.O‘rmanbayeva “Andijon Davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar kengashining fakultetlar miqiyosidagi faoliyati” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
Tadbir ishtirokchilari ayol hamisha muqaddasligi, unga ko‘rsatilgan har qanday tazyiq va zo‘ravonlik jazosiz qolmasligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Savol-javoblar bilan o‘tgan tadbir ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otganligini ko‘rsatdi.
ADTI axbort xizmati