Men gulsevarlar yurti – Namangan viloyatining Uchqo‘g‘on tumanidanman.
Ota-onam ilmli insonlarni juda hurmat qilishadi va bizlarni ham yaxshi ta’lim-tarbiya olishimizga alohida e’tibor qaratishadi. Men bu yil 43-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 11-sinfni a’lo baholarga bitirdim. Shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishim tufayli hujjatlarimni Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish uchun topshirdim. Kirish imtihonlaridan 189 ball olidim, xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash maqsadida berilgan tavsiyanoma bilan grant asosida o‘qishga qabul qilindim.
Bizga berilayotgan bu imtiyozlar, yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida amalga oshilirayotgan chora-tadbirlardan nafaqat o‘zim, balki maktabdagi ustozlarim, olia a’zolarim ham juda hursandbo‘lishdi.
Men pediatriya yo’nalishida o’qib kelajakda yaxshi shifokor bo’lib mana shu institut maqomini yanada yuqori cho’qqilarga chiqishiga va albatta xalqimiz uchun foydali inson bo’lishga harakat qilaman.
Mohigul Jo’ramirzayeva,
ADTI 1-kurs talabasi.