Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bu xushxabardan cheksiz quvonchda! Institutimiz rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, milliy qadriyat va an’analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini ulug‘lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 26-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “MEHR-SAXOVAT” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Hurmatli ustozimizni Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi, ko‘p sonli shogirdlari va talabalari nomidan chin ko‘ngildan tabriklaymiz!
Hurmatli va qadrli Madaminjon Mo‘minovich, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ulkan mehnat zafarlari tilaymiz!
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi